To‘lov va yetkazib berish

To‘lov turlari

  1. Mahsulotlar uchun to‘lovni amalga oshirish uchun Siz «Savatcha» ga o‘tishingiz va sotib olmoqchi bo‘lgan mahsulotingizni tanlashingiz kerak.
  2. «Savatcha» ga o‘tishingiz bilan Siz qo‘shgan mahsulotlar ro‘yhati ochiladi. So‘ngra «Buyurtmani rasmiylashtirish» tugmasini bosing.
  3. Paydo bo‘lgan yangi oynada Siz to‘ldirishingiz kerak bo‘lgan «Bog‘lanish uchun» va «Yetkazib berish turlari» kabi maydonlar ochiladi.
  4. Siz o‘zingizga ma‘qul keladigan to‘lov turini tanlashingiz mumkin:
    -Joyida to‘lash;
    -CLICK, Payme, upay va UZCARD kabi to‘lov tizimlari orqali;
  5. Barcha ma‘lumotlar to‘ldirilganidan so‘ng, «Buyurtmani rasmiylashtirish» tugmasini bosing.

    Bundan so‘ng Siz buyurtmangiz holati ko‘rsatilgan «Mening buyurtmalarim» sahifasiga jo‘natilasiz.

Yetkazib berish

  1. Kuryer tomonidan yetkazib berishni rasmiylashtirganingizda «alltech.uz» dan ro‘yhatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatgan manzilingiz bo‘yicha yetkazib beriladi. Katta hajmli texnikani  2-qavat va undan  yuqori qavatlarga yetkazib berish alohida baholanadi.  Xizmat narxini buyurtmani rasmiylashtirishdan oldin operatorlarimiz bilan bog’lanib aniqlashtirib olishni tavsiya etamiz. 

    Agar Siz yetkazib berish manzilini o‘zgartirishingiz kerak bo‘lsa, u holda bizga qo‘ng‘iroq qiling va o‘z mahsulot kodingiz, sana va mablag‘ni ayting.

    Siz yetkazib berish manzilini buyurtma rasmiylashtirilganidan so‘ng 1 soat ichida o‘zgartirishingiz mumkin.

    Bizning internet-do‘konda buyurtma qilingan mahsulotni qabul qilib olishning bir necha usullari mavjud:

    Toshkent bo‘yicha:

    1. Standart. (Internet do‘kon ko‘rsatgan manzilingiz bo‘yicha Sizning mahsulotingizni 36 ish soati ichida yetkazib berishni o‘z zimmasiga oladi. Standart yetkazib berish 200 000 so‘mdan yuqori xaridlar uchun mutlaqo bepul! 200 000 so‘mdan kam bo‘lgan xaridlar uchun yetkazib berish narxi 20 000 so‘mni tashkil etadi.)
    2. Express. (4 ish soati ichida yetkazib berish.  Express yetkazib berish narxi – 30.000 so‘m) – Karantin davri tufayli bunday imkoniyat yoq

    **Toshkent shahri ichida Express yetkazib berish faqatgina Kichik Avtomobil Xalqa yo‘li ichidagi hududda amal qiladi. Kuryerlik xizmati ish vaqti  9:00 dan 18:00 gacha.